“Besh tashabbus olimpiadasi” 2025-yilgi mavsumiga tantanali tarzda start berildi

    Sport 14 Fevral 2025 4932

    “Besh tashabbus olimpiadasi”ning joriy yilgi mavsumida birinchi marotaba mahallalardagi 30 yoshdan katta boʻlgan aholi oʻrtasida sportning mini futbol, voleybol, stritbol, stol tennisi, vorkaut, shaxmat va shashka turlari boʻyicha 3 bosqichli musobaqalar ham tashkil etiladi.

    “Besh tashabbus olimpiadasi” 2025-yilgi mavsumning tantanali ochilishidan soʻng, loyihalarda ishtirok etish istagini bildirgan oʻgʻil-qizlar 5tashabbus.uz saytidan ramziy roʻyxatdan oʻtishdi.

    Taʼkidlash joizki, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning joriy yilgi mavsumida birinchi marotaba mahallalardagi 30 yoshdan katta boʻlgan aholi oʻrtasida sportning mini futbol, voleybol, stritbol, stol tennisi, vorkaut, shaxmat va shashka turlari boʻyicha 3 bosqichli musobaqalar ham tashkil etiladi.

    Tadbir davomida “Besh tashabbus olimpiadasi” 2024-yilgi mavsumi doirasida oʻtkazilgan sport musobaqalari yakunlari boʻyicha respublikadagi jami 14 ta hudud, 208 ta tuman (shahar)lar orasida eng faollik koʻrsatgan jami 42 nafar, jumladan, 4 nafar hududiy hokim oʻrinbosarlari, 28 nafar tuman, shahar hokimlari hamda bir guruh masʼul va tashkilotchilarga Sport vazirining tegishli buyrugʻiga muvofiq “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishonlari tantanali tarzda topshirildi.

    Tantanali tadbir ishtirokchilari oʻz soʻzlarida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2025-yilgi mavsumi yuqori kayfiyat va keng qamrovda oʻtishini taʼkidlashdi.