Shu oʻrinda sport maydonchalariga qisqacha toʻxtalib oʻtsak. Taʼkidlanganidek, mahallalarda tashkil etiladigan sport maydonchalari 3 toifaga boʻlinadi.
Bular universal sport maydonchasi, “Workout” va “Streetball” maydonlarini oʻzida jamlagan bolalar sport maydonchasi.
Sport maydonchalarini hududlarga taqsimlash, musobaqalarda gʻolib boʻlgan ishtirokchilar egallagan oʻrinlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
“Workout” sport maydonchasi tarkibidan “Brus krestik”, “Turnik va press”, “Yurish trenajyori”, “Press uchun oʻrindiq” kabi maxsus anjomlar mavjud boʻlib, ular mahallalarda istiqomat qilayotgan aholi va yoshlar uchun doimiy badantarbiya va sogʻlomlashtirish mashqlari bilan shugʻullanish imkoniyatini yaratadi.
Navbatdagi sport maydonchasi esa “Streetball” sporti bilan shugʻullanishga ixtisoslashgan. Sport maydonida shuningdek voleybol va basketbol sporti bilan shugʻullanish uchun ham qoʻshimcha imkoniyatlar yaratilgan.
Universal sport maydonchasida mini-futbol va basketbol sport turlari bilan shugʻullanish imkoniyati mavjud.
Qayd etish lozim, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ommaviy sport musobaqalaring ikkinchi fasli joriy yil sentyabr-noyabr oylarida tashkil etiladi.