Bunda muallimning bilim koʻrsatkichlari baholanadi va past natija olganlari boʻyicha oʻzi oʻqigan oliygohga reklamatsiya (eʼtiroz) yuboriladi.

Bu natijalar pedagogik oliygohlar faoliyatiga uchun ham baho boʻladi. Past natija koʻrsatgan oʻqituvchilar anʼanaviy usulda, yuqori natijaga erishganlari onlayn shaklda malaka oshiradi.

Viloyat hokimlariga 14 ta malaka oshirish markazini taʼmirlash va jihozlash boʻyicha dastur qabul qilib, amaliy ishlarni boshlash topshirildi. Yil yakunigacha hududiy markazlar boshqaruviga xorijiy mutaxassislar olib kelinadi.