Gumanitar fanlar negizida kursantlarni kelajakdagi ofitserlik faoliyatiga tayyorlash, yosh ofitserlarni xizmatning boshlangʻich davrlarida qoʻllab-quvvatlash, lavozim majburiyatlarini bajarishiga kirishib ketishga yordam berish maqsadida tashkil etilgan davra suhbatida bilim yurtining malaka oshirish fakultetida tahsil olayotgan ofitserlar, mutaxassis tayyorlovchi kafedra rahbariyati va 4-5 bosqich kursantlari ishtirok etdi.
Tadbir boshida bilim yurti boshligʻining oʻrinbosari, polkovnik S.Abdurayimov soʻzga chiqib, suhbat qisqa vaqtlarda oʻqishni tamomlab qoʻshinlarga yoʻl oladigan kursantlarimiz uchun juda foydali boʻlishini, tahsil olish uchun qolgan uch oydan yanada maqsadli va unumli foydalanishga turtki boʻlishini taʼkidlab oʻtdi.
Shundan soʻng malaka oshirish fakulteti ofitserlari soʻzga chiqib, kursantlar harbiy xizmatning boshlangʻich davrlarida duch kelishi mumkin boʻlgan xato va kamchiliklarning oldini olish, kelajakdagi ofitserlik faoliyatiga kasbiy va ruhiy jihatdan tayyorlanish borasida oʻzlarining tavsiyalarini berdi. Tadbir savol javoblar va tavsiyalarga boy tarzda oʻtdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti