Ularni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari boʼyicha qoʼmita va Oʼzbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari kutib oldi.
Hojilar oʼzlari uchun ajratilgan maxsus avtobuslarda "Novza" masjidi tomon yoʼl oldi. Ular yaqinlari tomonidan katta xursandchilik bilan kutib olindi.
"Yurtdoshlarimiz joriy yil 4-22-iyul kunlari Jidda shahridan Oʼzbekistonning 10 ta hududi – Toshkent, Namangan, Fargʼona, Qarshi, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch va Nukus sari parvoz qilib, qaytib keladilar", deyiladi xabarda.