Bu o't ochishni to'xtatish to'g'risidagi kelishuvning birinchi bosqichi doirasidagi uchinchi shunday almashinuvdir.

Qariyb yarmi uzoq va hatto umrbod qamoq jazosini o'tayotgan sobiq mahbuslar avtobusda G'arbiy Sohildagi Ramallah shahriga olib borildi. U yerda ularni olomon xursandchilik bilan kutib oldi.

O't ochishni to'xtatish kelishuvi kuchga kirgan 19-yanvardan beri HAMAS Isroilga 15 nafar garovga olinganini topshirdi. Shu kungacha u 400 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi, deb xabar beradi ru.euronews.com.