Nuroniylarni jamiyat hayotiga yanada faol jalb qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarimiz tarbiyasida keksa avlod vakilllarining tajribasidan keng foydalanish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ajrim yoqasida turgan yosh oilalar o'rtasida barqaror muhitni vujudga keltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni targ'ib qilish va ijrosini ta'minlashda faol ishtirok etayotgan nuroniylarni rag'batlantirish  maqsadida “Bir nuroniy o'n yoshga mas'ul” ko'rik – tanlovini o'tkazish belgilangan.

Joriy yilning 24-oktyabr kuni ushbu ko'rik-tanlovning Respublika bosqichi Samarqanddagi yangi bunyod etilgan Turizm markazida bo'lib o'tadi.

Unda Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash vazirining birinchi  o'rinbosari va boshqa mas'ullar, aloqador tashkilot va idora rahbarlari, OAV vakillarining ishtiroki nazarda tutilgan.

Mazkur ko'rik-tanlovda hududiy bosqichlarida birinchi o'rinni olgan  nuroniylarimiz o'z hayotiy tajribalarida, mahallasida “Bir nuroniy-o'n nafar yoshga mas'ul”loyihasi asosida amalga oshirgan ishlarni tadbir ishtirokchilari va hakamlar hay'ti a'zolari oldida namoyish etishadi.