Farg'onada bir oilaning to'rt nafar a'zosi is gazidan vafot etdi.
Ushbu voqea O'zbekiston tumanining "Obod" MFY hududida joriy yilning 15 dekabr sanasiga o'tar kechasi sodir bo'lganligi aytilmoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, oila vakillari uy ichiga o'rnatilgan pechka dudburoniga kraska bankasini yopib qo'ygan va oqibatda shunday ko'ngilsiz holat sodir bo'lgan.
Is gazi keltirib chiqaradigan salbiy oqibatlardan ehtiyot bo'laylik, buning uchun ogohlikni yanada oshiraylik, aziz yurtdoshlar!