Toshkent shahar hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, ushbu maʼlumotlar mutlaqo asossiz! Bugungi kunda Toshkent shahrida maishiy chiqindilarni yigʻish va olib ketish boʻyicha hech qanday cheklovlar oʻrnatilmagan.
Aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar odatdagidek davom etmoqda.
"Agar xizmatlar yuzasidan savollaringiz yoki fikringiz boʻlsa, 71- 247-02-11; 71- 247-79-21 raqamlarga murojaat qilgan holda uni bildirishingiz mumkin.
Shu bilan birga @maxsustrans_support Telegram guruhi orqali ham dispetcherlar siz bilan doimo aloqada.
Sizdan tekshirilmagan maʼlumotlarga ishonmaslikni, fakt-chekingdan foydalanishni soʻraymiz. Buning uchun ishonchli va rasmiy axborot manbalari yetarli", deyiladi xabarda.