Videodagi holat joriy yilning 7-noyabr kuni Yuqori Chirchiq tumani Yangi bozor hududida joylashgan fastfood savdo shoxobchasida ikki fuqaro gap talashishi natijasida sodir boʻlgan.
Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati maʼlum qildi.
Janjaldan soʻng ular oʻzaro gaplashib olish maqsadida shoxobcha tashqarisiga chiqqan vaqtda 21 yoshli A.Q. 26 yoshli B.T.ning yuz qismiga musht tushirgan va fuqaro hushini yoʻqotgan (mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarga tarqalgan).
Shundan soʻng unga birinchi yordam koʻrsatilib oʻziga keltirilgan va IIBga murojaat yoki xabar berilmagan.
Hozirda holat yuzasidan hududiy IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Fuqaroning tan jarohati yuzasidan ekspertiza tayinlangan.
Dastlabki maʼlumotga koʻra, 26 yoshli B.T. shu kuni mastlik holatida boʻlgan va u shoxobcha ichida oʻzi bilan janjallashgan shaxsni va boshqalarni turli soʻzlar bilan haqoratlagan.