Bu haqda “OʻzRTXB” AJ axborot xizmati xabar qildi.
Bunda sotuvlarning:
-
85,1% - birja savdolari;
-
1,4% - koʻrgazma-yarmarka savdolari;
-
13,0% - elektron davlat xaridlari;
-
0,5% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga toʻgʻri keldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 796,6 mlrd soʻmni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida oʻtkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 36,4 mlrd soʻmlik mablagʻlari tejaldi.
Koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 570 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 9,7 mlrd soʻmni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning:
10,0% birinchi toifadagi avtoraqamlarga;
-
18,7% ikkinchi;
-
11,3% uchinchi;
-
11,8% toʻrtinchi;
-
16,7% beshinchi;
-
31,4% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.
Birja savdolari
Koʻrib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 640,2 mlrd soʻmlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qoʻyishdi, shu jumladan:
Paxta yogʻi
Oʻtgan haftada birja savdolariga 3 115,0 tonna paxta yogʻi qoʻyildi va ulardan 1 704,0 tonnasi, yaʼni 54,7% qismi sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 88 xaridor ishtirok etdi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yogʻining kunlik oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 15 218,0 ming soʻmdan 14 229,8 ming soʻmgacha, yaʼni 6,5% ga pasayganini taʼkidlash lozim.
Koʻrib chiqilayotgan davrda 1-navli paxta yogʻining oʻrtacha haftalik kotirovkasi 18 514,2 ming soʻmni tashkil etdi.
Sement
Oʻtgan hafta mobaynida birja savdolariga 391 793,0 tonna sement qoʻyildi va ulardan 224 877,0 tonnasi, yaʼni 57,4% sotildi. Oʻrtacha kunlik sotuv hajmlari 44,9 ming tonnani tashkil qildi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 516,9 ming soʻmdan 508,8 ming soʻmgacha, yaʼni 1,6% ga pasaydi.
Suyultirilgan gaz
Oʻtgan haftada birja savdolariga 1 723,0 tonna suyultirilgan gaz qoʻyildi va uning butun hajmi, yaʼni 100,0% sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 104 xaridor ishtirok etdi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gazning oʻrtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 7 233,9 ming soʻmdan 7 089,2 ming soʻmga, yaʼni 2,0% ga pasaydi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gazning oʻrtacha haftalik kotirovkasi 7 118,9 ming soʻmni tashkil etdi.
Barcha tovarlar uchun haftalik kotirovkalar bilan mazkur havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.