Birlashgan Arab Amirliklariga o‘rik eksporti qariyb 6 barobar oshirildi

    Agrosektor 16 Iyun 2020 3277

    Ayni kunlarda yurtimizning turli hududlarida etilib pishgan mevalar xorijiy mamlakatlarning savdo rastalaridan o‘rin olmoqda.

    Shu bois, Davlat statistika qo‘mitasining statistik ko‘rsatkichlari asosida o‘rik mevasining qaysi xorijiy mamlakatlarda eksport qilinayotganiga alohida e'tibor qaratamiz.

    Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil 1 iyun holatiga ko‘ra, eksport qilingan o‘rik mahsuloti bo‘yicha ma'lumotida jami 11,2 ming tonna 10,9 million AQSH dollariga teng bo‘lgan o‘rik mevasi 9 ta xorijiy mamlakatlar bozoridan joy olgan. Mazkur mamlakatlar orasida Qozog‘iston 6 ming tonna, Rossiya 3,6 ming tonna, Qirg‘iziston 1,2 ming tonna bilan yuqori ulushga ega bo‘ldi. Shuningdek, joriy yilda o‘rik mevasi Ozarbayjon, Gruziya va Turkmaniston davlatlari bozorlarida ham sotila boshlanganini ko'rish mumkin.

    O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘rik mevasining eksporti 1,3 ming tonnaga oshgan.

    2020 yil 1 iyun holatiga ko‘ra, eksport qilingan o‘rik mahsulotining davlatlar kesimi bo‘yicha ma'lumot

    Davlat nomi

    Tonna

    Ming AQSH dollari

    O'tgan yilning mos davriga nisbatan (%)

    1

    Qozog'iston

    5 984,5

    4 921,7

    95,5

    2

    Rossiya Federatsiyasi

    3 599,5

    3 477,3

    151,3

    3

    Qirg'iz Respublikasi

    1 210,3

    2 162,6

    99,9

    4

    Ukraina

    253,6

    194,5

    4 b.

    5

    Ozarbayjon

    91,2

    84,7

    -

    6

    Belarus` Respublikasi

    21,6

    22,1

    154,2

    7

    Turkmaniston

    9,4

    16,9

    -

    8

    Birlashgan Arab Amirliklari

    4,1

    10,0

    5,8 b.

    9

    Gruziya

    18,2

    8,0

    -

    10

    Jami

    11 192,4

    10 897,7

    112,6