“Afsuski, Bishkek meri Aziz Surakmatovning COVID-19ga topshirgan oxirgi testi musbat chiqdi”, — deb yozadi Tulobaev o'z xabarida.

Uning so'zlariga qaraganda mer uch kundan buyon o‘zini o‘zi himoyalash tartibida bo‘lib, uning tana harorati unchalik baland emas. “U masofadan ishlamoqda, shahar va tezkor shtablar, shahar xizmatlari va tuzulmalari normal rejimida ishlamoqda. Iltimos! Virus chindan mavjud va juda xavfli! Niqob taqing! Gigiyenaga rioya qiling! Uyda qoling!”, — deya ta'kidladi apparat rahbari.

Shu haftada tayinlangan Qirg‘iziston Bosh vaziri xususiy sektor va davlat xizmatida faoliyat olib borayotgan xodimlarga masofadan ishlash rejimiga o‘tishni tavsiya qildi.