“Biz birgamiz” deyishga shoshiling!

    16-17-sentyabr kunlari, soat 10.00 dan 17.00 gacha nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar IV Respublika savdo yarmarkasi oʻtkaziladi.

    16-17-sentabr kunlari Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Temur Malik ko'chasidagi “ECOBOZOR” savdo majmuasida soat 10.00 dan 17.00 gacha nogironligi bo'lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar IV Respublika savdo yarmarkasi o'tkaziladi.

    Ushbu tadbir Adliya vazirligi tomonidan 2018-yildan buyon O'zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda amalga oshirib kelinayotgan “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

    Yarmarkada o'z uylarida turli xil buyum va mahsulotlar tayyorlash bilan shug'ullanadigan, biroq ularni sotishda qiyinchiliklarga uchrayotgan nogironligi bo'lgan shaxslar tayyorlagan mahsulotlar sotiladi.

    Tadbir san'atkorlar ishtirokida ko'ngilochar tadbirlar o'tkaziladi.