Shveysariyada FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter va UYEFAning sobiq rahbari Mishel Platini ustidan sud jarayoni davom etmoqda.

Frans Press xabariga qaraganda, kecha prokuror Tomas Xildebrand soʻzga chiqqan va suddan har ikkisiga ham ikki yil sinov muddati bilan bir yilu sakkiz oy shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishini soʻragan.

Oʻtgan hafta Shveysariya sudi tovlamachilikda ayblanayotgan sobiq futbol chinovniklari ishini koʻrib chiqishni boshlagan edi. Oldinroq ular katta miqdorda jarimaga tortilishi yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkinligi aytilgandi.

Sud jarayoni 22-iyunga qadar davom etadi. Sud 8-iyul kuni oʻz hukmini eʼlon qiladi.