Yuqori martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida (UNWTO) Bosh assambleyasi doirasida o'tkaziladigan tadbirlarga tayyorgarlik ko'rish va ularni o'tkazish bo'yicha Tashkiliy qo'mita raisi o'rinbosari, ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov kutib oldi.
Tashrif davomida joriy yilning 16-20-oktyabr kunlari Samarqandda bo'lib o'tadigan (UNWTO) Bosh assambleyasining yubiley 25-sessiyasiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishish maqsad qilingan.
Ta'kidlash joizki, ushbu keng ko'lamli tadbir doirasida (UNWTO) Bosh kotibi Zurab Pololikashvilining tashabbusi bilan Samarqand shahriga “Jahon madaniy turizm poytaxti” maqomini berish to'g'risida (UNWTO) Bosh Assambleyasining Maxsus rezolyutsiyasi qabul qilinishi rejalashtirilgan.
(UNWTO) delegatsiyasining Toshkent va Samarqandga tashrifi 16-iyulgacha davom etadi.