Mazkur baxtsiz hodisa tufayli 1969-yilda tugʻilgan fuqaro Sh.T. voqea joyida vafot etgan boʻlsa, uning 3 yoshli nabirasi A.T. ogʻir ahvolda viloyat koʻp tarmoqli bolalar tibbiyot markaziga yotqizilgan edi.

Xoʻsh, ayni paytda bolakayning ahvoli qanday?

Joriy yil 23-fevral holatiga koʻra, bemorning umumiy holati dinamikada yaxshilanib bormoqda. Ayni paytda viloyat koʻp tarmoqli bolalar tibbiyot markazining tajribali shifokorlari tomonidan standart boʻyicha muolajalar davom ettirilyapti.

Shuningdek, bolaning ahvoli Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining malakali mutaxassislari tomonidan kunlik nazorat qilib borilmoqda.

Bemor yaqin kunlarda reanimatsiyadan bolalar boʻlimiga oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.