Mazkur yangilik O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 apreldagi “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do'koni faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to'g'risida”gi 210-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.

Qarorga muvofiq, yuridik shaxslar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun faqat davlat xizmatlari markazlari yoki YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishlari belgilandi.

Ayni shu talabdan kelib chiqib joriy qilingan mazkur xizmatni ko'rsatishning har bir bosqichi YAgona interaktiv davlat xizmatlari portalida kuzatib boriladi.