Kecha, 18-avgust kuni soat 21:40 da Toshkent viloyati Boʻka tumanida ekskavator tomonidan yuqori bosimli gaz quvuriga shikast yetkazilishi oqibatida tumandagi barcha isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatilgani haqida xabar bergan edik.

Jumladan, 12 ming 512 ta aholi xonadoni hamda 267 ta ulgurji isteʼmolchi gaz taʼminotidan uzilgan.

Energetika vazirligining xabar berishicha, avariya bartaraf etilgan, gaz taʼminoti qayta tiklangan.