Oʻsmirlar (U17) toifasidagi bahslarda Oʻzbekiston terma jamoasining 16 nafar vakili (6 nafar qiz va 10 nafar yigit) final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Shubhasiz, bu ishtirokchi davlatlar orasidagi eng yuqori natija boʻldi. Bu koʻrsatkich boʻyicha Qozogʻiston terma jamoasi 11 nafar finalchi bilan ikkinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, kuchli uchlikni 9 nafar finalchiga ega Hindiston terma jamoasi yakunlab turibdi.

Eslatib oʻtamiz, kichik oʻsmirlar (U15) toifasida ham 21 nafar bokschimiz final yoʻllanmasini qoʻlga kiritib, eng yuqori natijani qayd etgan edi.

Bugun musobaqada dam olish kuni. Ertaga U15, 15 may kuni esa U17 yosh toifalarida final janglari boʻlib oʻtadi.