"Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, men bolalar huquqlari bo‘yicha vakil sifatidagi faoliyatimni to‘xtatayotganimni ma’lum qilaman. Muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyevga bola huquq va manfaatlarini ta’minlash, yosh avlodning har tomonlama barkamol voyaga yetishi, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratayotgani uchun minnatdorchilik bildiraman", – deb yozdi u.
Shuningdek, A.Yunusova Bolalar huquqlarini ta’minlash va himoya qilishning xalqaro standartlarga javob beradigan kuchli tizimini shakllantirishda hamkorlik qilgan, qo‘llab-quvvatlagan, hissa qo‘shgan, ishongan va ishlagan barchaga minnatdorchilik bildirgan. Ayniqsa, YUNISЕFning O‘zbekistondagi Bolalar jamg‘armasi rahbari janob Munir Mammadzade va uning jamoasiga bolalar manfaatlari yo‘lidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlagani va ilgari surayotgani uchun alohida minnatdorlik bildirgan.