U Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ga bu haqda murojaat qildi.
Murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, oʻrganilishi natijasida murojaatchining hozir homilador ekani va ish beruvchi tomonidan shu yilning 21-iyul kuni u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 105-moddasiga asosan bekor qilingani maʼlum boʻldi.
Ushbu murojaat Ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan fuqaro M.Sh. ishtirokida joyiga chiqib oʻrganildi, zarur maʼlumotlar olindi.
Shundan soʻng joriy yilning avgust oyida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan fuqaro Sh.M. manfaatida Fuqarolik ishlari boʻyicha Ohangaron tumanlararo sudiga ishga tiklash masalasida daʼvo arizasi kiritildi.
Sud muhokamasi jarayonida Ombudsman tomonidan fuqaroga yetkazilgan maʼnaviy zararni undirish toʻgʻrisida qoʻshimcha daʼvo kiritildi.
Fuqarolik ishlari boʻyicha Ohangaron tumanlararo sudi tomonidan Ombudsmanning fuqaro manfaatida kiritgan arizasi qanoatlantirildi. Sudning 2022-yilning 4-oktyabrdagi qarorida fuqaro Sh.M.ni ishga tiklash va unga yetkazilgan maʼnaviy zarar uchun ish beruvchidan 1,5 mln soʻm undirish belgilandi.