— Avvalambor, ota-onalar nafaqat pnevmoniya, balki, bronx-o'pka kasalliklarining oldini olishga e'tibor karatishlari kerak, — deydi F. SHAMSIEV. — Ushbu chora-tadbirlar barcha bronx-o'pka kasalliklaridan himoyalanishga katta yordam beradi.
Jumladan:
gigienik qonun-qoidalarga rioya qilish va buni farzandlarga ham o'rgatish, qo'lni sovunlab yuvish yoki antiseptik vositalar bilan muntazam ravishda dezinfektsiya qilish;
yuzni qo'l bilan ushlamaslik;
xonalarni doimiy ravishda shamollatib turish;
bolalarga yo'talganda yoki aksa urganda og'iz va burunni salfetka yoki tirsak bilan yopishni o'rgatish;
farzandlarga kasal bo'lgan bolalar oldiga yaqin kelmaslikni uqtirish;
himoya niqoblaridan foydalanishni o'rgatish;
farzandlar kasal bo'lib qolsa, bog'cha yoki maktabga yubormasliklari lozim.
SHuningdek, bolaning to'g'ri va ratsional ovqatlanishi, surunkali infektsiya o'choqlarini bartaraf etish va chiniqtirish turli xil kasalliklarning oldini olishga katta yordam beradi.
Bolaga qo'shimcha D vitaminining suvli eritmasi (Akvadetrim), askorbin kislotasi, immunotsink va selen moddalari, kamqonlikni davolash maqsadida temir preparatlari tavsiya etilsa, nafas yo'llari kasalliklariga qarshi kurashish kuchini oshirishga yordam beradi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
matbuot xizmati.