Oʻzgartirish va qoʻshimchalar quyidagilardan iborat:
birinchidan, 3-bandning ikkinchi xatboshisi yangi tahrirda bayon etildi va unga koʻra, tayyorlov guruhlarida oʻquv yili joriy yilning 2-sentyabridan keyingi yilning 31-mayigacha boʻlgan davrni, yozgi sogʻlomlashtirish davri joriy yilning 1-iyunidan 31-avgustigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Oldingi tahririda yozgi sogʻlomlashtirish davri nazarda tutilmagan;
ikkinchidan, Qarorning 2-ilovasi 4-bandining birinchi xatboshisiga oʻzgartirish kiritildi, unga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olinmagan bolalarning mavjud kontingenti tegishli organlar tomonidan may va iyun oylarida oʻrganiladi. Ilgari bu iyun va iyul oylarida amalga oshirilardi;
uchinchidan, Qarorning 2-ilovasining 6-bandi ham yangi tahrirda bayon etildi. Unga koʻra, endi tayyorlov guruhlariga kelgusi yilda 7 yoshga toʻladigan bolalar qabul qilinadi. Oldingi tahririda bu yosh tegishli yilning 1-sentyabrida 5 yoshu 6 oyni tashkil qilardi.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 10.02.2022-yildan kuchga kirdi.