Oqoltin tumanidagi Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi binosini taʼmirlashdagi talon-torojlik fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqoltin tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “I.G.” MCHJ rahbari tuman Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi binosini joriy taʼmirlash ishlari boʻyicha tuzilgan hujjatlarga amalda bajarilmagan 75,6 mln soʻmlik ish hajmini qoʻshib yozganligi, shuningdek maktab sobiq bosh hisobchisi B.E. 41,5 mln soʻm byudjet mablagʻlarini xodimlarga asossiz ravishda ortiqcha toʻlab yuborganligi natijasida jami 117,1 mln soʻm byudjet mablagʻlari oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan MCHJ rahbari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.