Xabar yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Unda keltirilishicha, hozirgi vaqtda ushbu holat nazoratga olingan boʻlib, Qoʻmita boshqa masʼul tashkilotlar bilan birgalikda oʻrganish ishlari olib bormoqda.

Shuningdek, bolalar uchun moʻljallangan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi yuzasidan Qoʻmita va Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan birgalikda oʻzaro nazorat xaridi tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Oʻrganish yakunlari boʻyicha, qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi, deya xabar bermoqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi