Quyidagi sabablar bilan bolaning bogʻchaga ketma-ket 3 kundan ortiq kelmagan davri uchun toʻlangan toʻlovlar keyingi toʻlovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi:

bolaning yoki oila aʼzolarining kasalligi sababli;

karantin holatida boʻlganligi tufayli;

ota-onalardan birining ishdan (oʻqishdan) boʻsh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga koʻra.

Bundabolaningkelmagankunlarisonibirkunliktoʻlovmiqdorigakoʻpaytirilib, keyingitoʻlovsummasichiqqansummagakamaytiriladi.

Agar bolaning kelmagan kunlari uchun toʻlov hali amalga oshirilmagan boʻlsa, toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan toʻlov summasiga kamaytiriladi.

Shuningdek, ota-onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning bogʻchaga qatnashi butunlay toʻxtatilgan taqdirda, toʻlov toʻliq boʻlmagan oy uchun, yaʼni bola amalda bogʻchaga qatnagan kunlar uchun toʻlanadi.