Bolalar Ombudsmanining xabar berishicha, shu yilning 5-yanvar kuni M.X. JKning 117-moddasi 1-qismi va 104-moddasi 2-qismi “b,v“ bandlar bilan gumonlanuvchi sifatida jalb qilinib, ayol Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Mazkur jinoyat ishiga oid dastlabki tergov doirasida bolaning hayoti va sogʻligʻiga qarshi sodir etilgan har qanday harakatlarga toʻliq baho berilishi taʼminlanadi, — deyiladi xabarda.
Bolalar ombudsmani ushbu holatda bola manfaatlari nuqtayi nazaridan oʻz kuzatuvini davom ettirmoqda.