Bu haqda 19-yanvar kuni BTA xabar berdi.
Millatga murojaat qilib, Rumen Radev 20-yanvar kuni iste'foga chiqishini aytdi. U Vitse-prezident Iliyana Yotova “prezident vazifasini munosib bajaruvchi” bo'lishiga ishonch bildirdi.
Reutersning xabar berishicha, Rumen Radevning bu bayonoti uning o'z siyosiy partiyasini tuzish va muddatidan oldin parlament saylovlarida ishtirok etishni rejalashtirayotgani haqidagi mish-mishlarga sabab bo'ldi.
Rumen Radev 2016-yildan beri Bolgariya Prezidentidir va 2021-yilda yangi besh yillik muddatga qayta saylangan. Uning vakolat muddati 2027-yil yanvar oyida tugashi kerak edi. Rumen Radev Bolgariyaning 2026-yilda yevrozonaga qo'shilishiga qarshi chiqqani bilan tanilgan.
Rumen Radev Bolgariyada siyosiy inqiroz tufayli iste'foga chiqishini e'lon qildi, bu esa yaqin orada mamlakatda to'rt yil ichida sakkizinchi parlament saylovlariga olib keladi. Oxirgi koalitsiya 2025-yil dekabrigacha davom etdi, o'shanda soliqlarni oshirish rejalari tufayli ommaviy norozilik namoyishlari paytida hukumat iste'foga chiqqandi, deb xabar berdi meduza.io.