Bu haqda BBCga tayanib, Kazinform xabar berdi.

Mahalliy aviatsiya boshqarmasining ma'lumotlariga ko'ra, samolyot uchish-qo'nish yo'lagidan gavjum avtomagistralga chiqib, parchalanib, yonib ketgan. Uning vayronalari o'sha paytda avtomagistralda harakatlanayotgan mashinalarga zarar yetkazgan. Qutqaruvchilarning xabar berishicha, halokat oqibatida kamida 15 kishi, xususan, samolyot ekipaji va mashinalardagi odamlar halok bo'lgan.

Mahalliy Unitel telekanalining xabar berishicha, samolyot La-Pasga mahalliy markaziy bank tomonidan buyurtma qilingan yangi banknotalarni olib ketayotgan edi, ular samolyot halokatga uchraganidan keyin atrofga sochilib ketgan. Hodisa joyida ko'plab odamlar to'planib, kupyuralarni yig'ishga urinishgan, politsiya ularni tarqatish uchun ko'z yoshartuvchi gazdan foydalanishga majbur bo'lgan, deb xabar beradi telekanal.

Keyinroq Boliviya Markaziy banki raisi David Espinosa mazkur samolyotda olib ketilgan banknotalar yaroqsiz ekanligini va to'lov uchun qabul qilinmasligini e'lon qildi, deb xabar berdi inform.kz.