“Bosh direktor kubogi“ turniri yakunlandi

    Sport 15 May 2025 660

    Shu yilning 28-aprel kuni futbol boʻyicha “Bosh direktor kubogi“ turniri start olgan edi. Ushbu turnirda “Navoiyuran“ DK boshqarmasi va uning tarkibiy boʻlinmalarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlardan iborat 18 ta jamoa oʻzaro bellashdi.

    Qayd etilishicha, hakamlar hayʼatining yakuniy xulosasiga koʻra eng koʻp 48 ball toʻplagan va butun turnir davomida 53-marta raqiblar darvozasini aniq nishonga olgan “Zafarobod“ kon boshqarmasining 3-sonli Geotexnologik koni jamoasi 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

    Shuningdek, Zafarobod shaharchasida “Bosh direktor kubogi“ turniri gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

    Marosimda “Navoiyuran“ DK 6-Birlashgan kasaba uyushmasi Qoʻmitasi raisi Davrbek Temirov, “Zafarobod“ kon boshqarmasi direktori Otabek Ruziyev hamda korxona mutasaddilari, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.

    1-oʻrin sohibiga turnir kubogi va tegishli miqdordagi pul mukofoti sertifikati tantanali ravishda topshirildi. Kuchli uchlikdan joy olgan “Zafarobod“ kon boshqarmasining 1 va 4-sonli Geotexnologik koni jamoalari ham pul mukofoti sertifikatlarini qabul qilib olishdi.

    Shuningdek, “Eng yaxshi oʻyinchi“, “Eng yaxshi toʻpurar“, “Eng yaxshi darvozabon“ nominatsiyalari boʻyicha futbolchilar maxsus statuetkalar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

    Eslatib oʻtamiz, yaqinda sportning basketbol turi boʻyicha “Bosh direktor kubogi“ uchun bahslarga start beriladi.


    “Navoiyuran“ DK PR xizmati


    Reklama