Reytingning koʻtarilishi davlatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli iqtisodiy islohotlar — makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, davlat korxonalari boshqaruv samaradorligini oshirish borasidagi saʼy-harakatlarning ijobiy baholanishini aks ettiradi.
Shu iqtisodiy oʻzgarishlar zamirida, joriy yil iyun oyi oxirida “Navoiyuran” davlat korxonasi xalqaro moliya bozorida 300 million dollar miqdoridagi yevroobligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi. Ushbu operatsiya xalqaro investorlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va korxonaning global kapital bozorlariga integratsiyasida muhim qadam boʻldi.
Joriy yilning 10-iyul kuni, Fitch Ratings agentligi tomonidan “Navoiyuran” davlat korxonasi sifatidagi reytingi (GRE – Government-Related Entity) boʻyicha qoʻllab-quvvatlash koʻrsatkichini 20 balldan 30 ballgacha oshirib, “kuchli” (strong) toifa bilan baxolandi.
Ushbu reytinglar “Navoiyuran” DKning xalqaro moliya institutlari bilan samarali hamkorligi, moliyaviy intizomi hamda uzoq muddatli va barqaror rivojlanishga qaratilgan strategik maqsadlari mavjudligini tasdiqlaydi.
Hamkorlik materiali








