Shu bois ham, xopijiy mamlakatlapdagi Oʻzbekiston fuqarolariga xizmat koʻpsatish, ulapning huquq va manfaatlapini samapali himoya qilish tizimini takomillashtirish dolzarb ahamiyatga ega. Raqamlarga eʼtibor qaratsak, Oʻzbekiston Respublikasida hozirda 14 mln.ga yaqin ishchi kuchi boʻlsa, har yili 600 mingga yaqin yangi mehnat resurslari kirib kelmoqda.
Bu mamlakatimizda har yili shuncha miqdorda oylik maoshi yuqori boʻlgan ish oʻrnini yaratishimiz zarurligi koʻrsatadi. Bugungi kunda xorijiy davlatlarga yuqori malakali mutaxassislarni tartibli ravishda ishlash uchun yuborish oʻzini samaradorligini koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston katta mehnat kuchi potensialiga ega, hamma gap undan qanday, nima maqsadda foydalanishda. Vaqtlar boʻldi, mehnat migrantlariga past nazar bilan qaraldi. 2016-yilga kelib, ularga nisbatan qarash tubdan oʻzgardi. Nihoyat, ular Oʻzbekiston iqtisodiyotiga ijobiy taʼsir koʻrsatuvchi kuchga aylandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvda quyidagi muhim masalani qayd etdilar:
“Chet elda bilim olayotgan, mehnat qilib daromad topayotgan yurtdoshlarimizni, ularning mamlakatimizda yashayotgan oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqdik. Bunday faoliyat hech qachon toʻxtab qolmasligi uchun Konstitutsiyamizga davlat chet elda yashayotgan va ishlayotgan fuqarolarimiz hamda vatandoshlar bilan muntazam aloqalarni saqlab qolish va rivojlantirish haqida gʻamxoʻrlik qiladi, degan qoidani kiritish darkor.” Shu bois, ham bugungi kunda Konstitutsiyadan tortib maxsus kodifikatsiyalashgan hujjat asosida xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarimizni huquqlarini xalqaro darajada himoya qilish mexanizmlarini yaratish zarur.
Konstitutsiyaning 22-moddasida Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida ham, uning tashqarisida ham oʻz fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik koʻrsatishni kafolatlashi taʼkidlangan. Garchi amaldagi Konstitutsiyada har bir shaxsning mehnat huquqi kafolatlanishi, adolatli mehnat sharoitlarida ishlashi, noqonuniy mehnatga yoʻl qoʻyilmasligi keltirib oʻtilgan boʻlsa-da, aynan xorijdagi mehnat migrantlarini huquqlarini himoya qilish, ularga xalqaro shartnomaviy himoya taqdim etilishi aniqlashtirilmagan. Konstitutsiyaga kiritilishi belgilanayotgan huquqiy asoslarning barchasi, maxsus kodifikatsiyalashgan hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro xususiy huquq kodeksida toʻliq bayon qilinishi zarur. Mazkur kodeks doirasida raqamlashgan mehnat munosabatlapi fenomenini kiritish bilan bogʻliq masalalarga ham alohida urgʻu berish zarur.
Muxtasar qilib aytganda, Konstitutsiyaga kiritilayotgan xorijdagi fuqarolarning huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq barcha yangi huquqi normalar Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xalq farovonligi yuksalishi va suveren davlatimizning jahon miqyosidagi nufuzini oshirishga xizmat qiladigan yaxlit meʼyoriy-huquqiy bazani yaratishni yaqin yillarda yakunlashga xizmat qiladi.
Bekzod MUSAYEV,
Toshkent davlat yuridik universiteti boʻlim boshligʻi,
yuridik fanlari doktori,
dotsent