Mazkur quloqchin sunʼiy intellektga asoslangan. Shu bois foydalanuvchi telefon qoʻngʻiroqlarini boshni qimirlatish orqali qabul qila oladi.

Taʼkidlanishicha, buning uchun boshni uch marta pastga qimirlatish kifoya. Qoʻngʻiroqqa rad javobi beriladigan boʻlsa, boshni turli tomonga qimirlatish lozim.

Faol shovqin soʻndirish rejimi yoqilgan holatda quloqchinlar bir marta quvvatlanish orqali besh soat ishlay oladi.

Quloqchin shu yilning sentyabrida 299 dollar qiymatida sotuvga chiqishi kutilmoqda.