Forum tashkilotchilari – Qirgʻiziston ombudsmeni, AQSH Mintaqaviy rivojlanish agentligi, “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish uyushmasi” NT (Qozogʻiston), “Ochiq jamiyat” (AQSH), “Interbilim MS” va “Yetarli boshpana huquqi” (Qirgʻiziston).
Forumdan koʻzlangan maqsad – davlat organlari, fuqarolik jamiyati va huquqni muhofaza qilish muassasalari oʻrtasida aholidan uy-joyni olish (xarid qilib olish) sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qilishdan iborat.
Forumning vazifasi – Markaziy Osiyo davlatlarida uy-joyni olish (xarid qilib olish) jarayonida insonning yetarli boshpanaga boʻlgan huquqlarini amalga oshirishning samarali mexanizmlari boʻyicha takliflarni toʻplashdan iborat.
Forumda mintaqamizning barcha davlatlaridan 120 nafar mutaxassis ishtirok etdi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.