Tumandagi maktablardan birida matematika fani oʻqituvchisi sifatida faoliyat yuritadigan murojaatchining soʻzlariga koʻra, shu maktab direktorining oʻquv-tarbiya ishlari boʻyicha oʻrinbosari yigʻilishlarda uni obroʻsizlantirishga harakat qilib kelgan. Muallimga bosim oʻtkazish orqali dars soatlarini tanishlariga oʻtkazib bergan.

Fuqaroning murojaati nazoratga olinib, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi bilan birgalikda ishchi guruh tuzilgan holda oʻrganildi. Oʻrganish davomida direktor oʻrinbosarining faoliyatida qator kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgani aniqlanib, murojaatchidan qonunga zid ravishda olingan oʻquv soatlari oʻziga qaytarildi.

Maktab direktorining oʻrinbosari esa egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, deyiladi Inson huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman)ning axborot xizmati xabarida.