Fuqaro T.I. “S.T.” MCHJga qarashli savdo doʻkonidan 2 dona uyali aloqa vositalarini xarid qilib, evaziga 14 dona qalbaki 50 AQSH dollarlik kupyuralar bilan hisob-kitob qilib, jami 700 AQSH dollarini bergan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boʻstonliq tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.