Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Z.Mirzayev bu haqdagi tegishli qarorni imzoladi.
Viloyat hokimligi axborot xizmati xabariga koʻra, Boʻstonliq tumani “Qoʻshqoʻrgʻon” MFY hududida joylashgan 0,50 gektar qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yer maydoni viloyat turizm va sport bosh boshqarmasiga xalqaro musobaqalarni oʻtkazishga moʻljallangan veloshosse sport inshootini qurish va doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi.
Shuningdek, Davlat xizmatlari markazi orqali arxitektura rejalashtirish topshirigʻi ishlab chiqiladi hamda loyiha-smeta hujjatlari tayyorlash uchun tegishli tashkilot bilan oʻrnatilgan tartibda shartnomalar tuziladi.