Taʼkidlanishicha, loyihani yaratishda Boʻstonloqning noyob tabiiy salohiyatini saqlashga eʼtibor qaratilgan. Shu sabab “Chorvoq darvozasi” va “Yusufxona” hududlarida ekokarkas va jamoat joylarining barqaror tizimini yaratish, ekologik toza transportni rivojlantirish nazarda tutilmoqda. Bundan tashqari, anʼanaviy meʼmorchilikka ham alohida eʼtibor beriladi. Shuningdek, hududda anʼanaviy togʻ qishlogʻining zamonaviy qiyofasi yaratilishi rejalashtirilgan.

Taqdimot davomida xabar qilinishicha, dam olish hududlarida ekologik madaniyatni oshirish hamda qulay va hamyonbop dam olish sharoitlarini yaratish maqsadida jamoat piknik zonalari quriladi. Bunday zonalarning dastlabki varianti shu yil bahor mavsumida ochilishi rejalashtirilgan.

Loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishda mahalliy aholi, jamoatchilik vakillari va Boʻstonliq tumani taqdiriga befarq boʻlmagan fuqarolarning faol jalb etilishi hamda ularning ishtiroki taʼminlanishiga alohida eʼtibor qaratiladi. Loyiha doirasida “Boʻstonliq elchilari” dasturi tuzilgan boʻlib, keng jamoatchilik ishtirokidagi bir qator yirik tadbirlar va kampaniyalar oʻtkazilishi ham koʻzda tutilgan.

Shuningdek, matbuot anjumani davomida Fransiya hukumatining moliyaviy koʻmagi bilan amalga oshirilgan xalqaro toʻliq mavsumiy kurort tarkibidagi “Chimyon” dam olish maskani loyihasi ham taqdim etildi.