Oʻtkazilgan reyd davomida hududda hayvon terisi topildi. Ashyoviy dalil Fanlar akademiyasi Zoologiyainstituti tomonidan oʻrganilganida Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻiga tegishli ekanligi maʼlum boʻldi.
Shuningdek, oʻrganish davomida ayiq nomaʼlum shaxslar tomonidan qoʻlbola sirtmoq yordamida oʻldirilganligi, terisi qoldirilib, boshqa qismlari olib ketilganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan toʻplangan maʼlumotlar huquqbuzarlarning shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida Toshkentviloyati IIBBga yuborildi. Aniqlik kiritilgach, qonuniy tartibda tegishli chora koʻrilishi taʼminlanadi.
Maʼlumot uchun, qoʻngʻir ayiq zaif, keng, biroq mozaik tarqalgan kenja tur sifatida Oʻzbekiston Qizil kitobigava CITESning 1 Ilovasiga kiritilgan. Ovlash taqiqlangan.