Qayd etilishicha, oʻtkazilgan monitoringlarda ommaviy axborot vositalarida joylashtirilgan reklamalarda “Ipoteka xizmati eng ishonchlisi va eng qadrlisi” hamda “Avtomobilingizni eng past foiz evaziga 300 million soʻmgacha qarz oling” mazmunidagi reklamada iboralaridan foydalanishda “eng, faqat” soʻzlari qoʻllanilib, reklamada boʻrttiruvchi maʼnolar ifodalangan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan Qoʻmita Maxsus komissiyasi tomonidan “Ipoteka xizmati group” MCHJ hamda “Tasfinanse mikromoliya tashkiloti” MCHJlarga nisbatan “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning tegishli moddalari talablari buzilishi yuzasidan ish qoʻzgʻatilib, ishni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha “Ipoteka xizmati group” MCHJ va “Tasfinanse mikromoliya tashkiloti” MCHJlarga nisbatan moliyaviy jarimalar qoʻllanildi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan koʻrsatmalar ham berildi.








