Oʻtkazilgan reyd tadbirlarida ,Boʻstonliq tumanida olib borilgan reyd davomida tuman hududidan oqib oʻtuvchi “Oqsoq ota“ soyi qirgʻogʻida “Man” rusumli avtoulov egalari ekskavator yordamida qum-shagʻal aralashmasini maxsus ruxsatnomasiz qazib olayotgani aniqlandi.
Natijada “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida“gi va “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida“gi Qonunlar talablari buzilgan hamda tabiatga 4 milliard 504 million 378 ming 636 soʻm miqdorida zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan Boʻstonliq tuman IIB YPX xodimi yordamida 1 dona yuk tashuvchi avtotransport vositasi vaqtinchalik saqlab turish uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi. Toʻplangan hujjatlar esa Boʻstonliq tuman prokuraturasiga yuborildi.