Musobaqada hamyurtlarimiz bilan bir qatorda Tojikistondan kelgan 3 nafar murabbiy hamda 11 nafar sportchidan iborat mehmonlar ham ishtirok etishmoqda.

Musobaqa uch kun davom etadi. Unda sportchilar turli masofalarda guruh poygalari boʻyicha oʻzaro musobaqalashadi.

“Federatsiya kubogi”ning birinchi kunida oʻsmirlar 47 km, yoshlar va ayollar 77 km, erkaklar esa 107 km masofani bosib oʻtishlari belgillangan.

24-iyun, yaʼni musobaqaning ikkinchi kunida oʻsmirlar va yoshlar 77 km, ayollar esa 107 km masofani bosib oʻtishlari lozim.

Musobaqaning soʻnggi kunida yoshlar va erkaklar mos ravishda 107 va 167 km masofani otrda qoldirish maqsadida startga chiqishadi.

Ushbu musobaqa bir vaqtning oʻzida seleksiya vazifasini ham oʻtab beradi. Eng yaxshi natija koʻrsatgan sportchilar shu yilning iyul oyida Turkiyada boʻlib oʻtadigan oʻquv-mashgʻulotlar yigʻiniga jalb etilishi mumkin.