4R10 “Chorbogʻ suv ombori aylanma” avtomobil yoʻlining 82-kilometrida, 37 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “MAZ” yuk avtomobilining tormoz tizimi ishdan chiqib, oʻzi bilan bir yoʻnalishda boʻlgan 6 ta – Spark, Matiz, Nexia-3, 2 ta Lacetti va Kia rusumidagi yengil avtomobillarni urib yuborgan.
Toʻqnashuvda hech kimning sogʻligʻiga ziyon yetmagan. Transport vositalari texnik shikastlangan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.