«Shu kungacha jahon miqyosda 28 million doza vaksina tarqatildi. Ularning aksariyati Koreya va Hindistonda ishlab chiqarilgan. Global dastur doirasida 190 ta mamlakat qamrab olingan. Ushbu 190 davlat ichidan 98 tasi oʻzlari buyurtma berib olmoqda. Boylar boshqa vaksina, kambagʻallar esa boshqa vaksina olyapti degan maʼlumotlar yolgʻon.

OAVga murojaat qilmoqchiman: vaksinatsiya masalasini xolis yoritib borish — jamoaviy majburiyatimiz. Dezinformatsiya hech narsaga yordam bermaydi. Emlash koʻp sonli aholining hayotini saqlab qoladi. Dezinformatsiya esa inqirozli holatni davom ettiradi.

Bugun Oʻzbekistonga COVID-19 ga qarshi vaksina keltirilgani — butun dunyoda vaksinalarni odilona taqsimlashga erishish yoʻlidagi tarixiy qadam deyish mumkin. Ularga teng ega boʻlish pandemiyani toʻxtatishda oʻta muhim, shu bois vaksinalarga hamma ega boʻlishini taʼminlashimiz zarur».