Xususan, 25 ta bogʻdorchilik fermer xoʻjaliklari tomonidan qiymati 3 mlrd.soʻm boʻlgan (shundan 1,569 mlrd.soʻmi bank krediti) 166 mln. ta har xil turdagi serhosil meva koʻchatlari olib kelinadi.

Shartnomalar mamlakatimizda bogʻdorchilik sohasida ilgʻor koʻchat yetishtiruvchi subyektlar bilan tuzilgan. Xususan, bogʻdorchilik va uzumchilik yoʻnalishida yetkachi boʻlgan Samarqand ilmiy tekshirish institutidan 6000 ta, akademik M.Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti 110 mln. ta va vodiy viloyatlaridagi koʻp yillik tajribaga ega koʻchatchilik subyektlaridan olib kelinadi.

Meva koʻchatlarining asosiy qismini olma, oʻrik, behi va gilos koʻchatlari tashkil etadi.

Ayni vaqtga qadar bogʻdorchilik xoʻjaliklarining yer maydonlarida 24 mingta xandaq (koʻchat ekishga moʻljallangan chuqur) tayyorlandi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati