Umumiy qiymati 5,9 milliard soʻmga teng 315 oʻrinli maktabda “Qarapchi” mahallasida tashkil etilgan yangi massivda yashovchi aholi farzandlariga taʼlim-tarbiya beriladi. Investitsiya dasturi doirasida qurilgan yangi taʼlim maskani zamonaviy oʻquv jihozlari bilan jihozlangan.
“Qarapchi” mahallasida bunga qadar bitta maktab mavjud boʻlib, 2009-yildan buyon namunaviy loyihalar asosida 500 ga yaqin yangi uy-joylar qurilgan massiv uchun yana bitta maktabga ehtiyoj bor edi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati.