“Boysun ideal” qurilish xususiy korxonasi tomonidan mazkur muassasa uchun 1 milliard 773 million so'm mablag' ajratilgan.
Muassasa xodimlari Pulhokim mahallasidagi aholiga ambulator tibbiy xizmat ko'rsatadi. 50 qatnovga mo'ljallangan Oilaviy shifokorlik punkti zamonaviy jihozlar bilan ta'minlangan. Stomatologik tibbiy apparaturalar, pediatr va umumiy amaliy shifokorlik xonalarida yaratilgan sharoit mahalla ahliga katta quvonch ulashdi. Bu haqida Boysun tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.