Tuman hokimligi axborot xizmati tarqatgan xabarda qayd etilishicha, Shimoliy gʻarbiy universitetning Buyuk ipak yoʻli tadqiqot markazi (Xitoy) professori Liang Yung boshchiligidagi ekspeditsiya aʼzolari hamda Samarqand arxeologiya instituti va Fargʻona davlat universiteti talabalari ishtirokidagi jamoa arxeologiya ishlarini olib borgan.
Jamoa tomonidan Boysunning “Rabot” arxeologik yodgorligi hududidan ikki ming yillik tarixga ega “yuyeji” davriga mansub erkak va ayol suyak qoldiqlari, turli sopol buyumlar, metall va tosh taqinchoqlar, temir pichoqlar topilgan.
Hozirda tadqiqot ishlari davom etmoqda.