Boysunda qarzdorning 9 ta “BYD” mashinasini auksionga chiqarilish choralari koʻrilmoqda

    Boysun tumandagi “Azia-Constuction” MCHJning soliq hamda boshqa yuridik tashkilotlar oldida jami 14 milliard soʻmdan ortiq qarzdorligi mavjud.

    MIB tomonidan qarzdor jamiyatning barcha hisob raqamlariga band solinib, unga tegishli koʻchmas mulk, 3 ta maxsus hamda 11 ta yengil avtotransport xususan, 9 ta “BYD” elektromobil mashinasiga nisbatan taqiq qoʻyildi.

    Mulklarni auksion savdolariga chiqarish choralari koʻrilmoqda.